Ortodontiya – bu tishlarning noto‘g‘ri o‘rnashuvini tuzatishga yo‘naltirilgan stomatologiyaning bir tarmog‘idir. Noto‘g‘ri joylashgan tishlar nafaqat estetik muammo, balki chaynash, gapirish va umumiy sog‘liqqa ham ta’sir qilishi mumkin.
Ortodontik davolash qanday yordam beradi?
- Chiroyli tabassum: To‘g‘ri tishlar sizga chiroyli tabassum beradi.
- Sog‘lom chaynash: To‘g‘ri tish qatori ovqatni yaxshi chaynashga yordam beradi.
- Tish sog‘lig‘i: To‘g‘ri joylashgan tishlarni tozalash osonroq bo‘lib, karies va parodontit xavfini kamaytiradi.
- Gapirish: To‘g‘ri tishlar aniq va tushunarli gapirishga yordam beradi.
Klinikamizda quyidagi ortodontik xizmatlar taklif etiladi:
- Breket tizimlari: Metall, keramik va sapfir breketlar.
- Invizilayn: Ko‘rinmas tish to‘g‘rilagichlar.
- Bolalar ortodontiyasi: Bolalar uchun tish qatorini tuzatish.
Bizning klinikada sizga individual yondashamiz va sizga mos keladigan optimal davolash rejasini tuzamiz.
